Elektr sim yog‘och tarmoqlari 60 foizi eskirgan - “O‘zbekenergo” rais o‘rinbosari

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUstanovka opor dlya vozdushnoy linii elektroperedachi
Ustanovka opor dlya vozdushnoy linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Qayerda ikkita stolba yiqilayotgan bo‘lsa, borib joyiga o‘rnatdik. Lekin mukammal darajada bir ish qilganimiz yo‘q", - dedi “O‘zbekenergo” vakili.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Xalqaro press-klub sessiyasida “O‘zbekenergo” AJ raisining o‘rinbosari Ro‘ziqul Raimov past kuchlanishli havo tarmoqlarining 60 foizi eskirganligini ma’lum qildi. Bu haqda  Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Shoxrux Aminov - Sputnik O‘zbekiston
Aholi debitor qarzdorligi keskin oshib ketmoqda – MIB direktori o‘rinbosari

“Past kuchlanishli havo tarmoqlari, bular xonadonimizga kelgan eskicha qilib aytganda - sim yog‘och, stolba yoki sim cho‘p deymizmi, mana shu tarmoqlar bugun 200-230 ming kmdan ko‘p bular. Mana shular 60 foizi eskirgan. Yog‘ochlar o‘zining quruqlik, namlik darajasi bo‘ladi. Bular hammasi muddatini o‘tab bo‘lgan,” – dedi Raimov.

Ko‘p yillar davomida uzilgan joyni, xuddi yong‘in o‘chirish komandasiga o‘xshab, qayerda sim uzilsa, o‘sha yerga borib qayta qildik. Qayerda ikkita stolba yiqilayotgan bo‘lsa, borib joyiga o‘rnatdik. Lekin mukammal darajada bir ish qilganimiz yo‘q, deya ta’kidladi “O‘zbekenergo” vakili.

Raimovning so‘zlariga ko‘ra, prezident o‘zi shu sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha tegishli qarorni imzoladi.

“Tashabbuskori, ijodkori o‘zlari, mablag‘ini ham o‘zlari topib berdilar. Mana shu ishni boshlab qishloqlarimizga kirib borganimizdan keyin, yana ikkita “Obod mahalla, obod qishloq” dasturiga qo‘l qo‘yildi”, - deb qo‘shimcha qildi “O‘zbekenergo” rahbari o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0