Konteyner va maxsus qutilar: O‘zbekistonda yangi qoidalar tasdiqlandi

© Press-slujba GoskomekologiiEksperimentalniy proyekt po ustanovke podzemnogo musorosborochnogo punkta
Eksperimentalniy proyekt po ustanovke podzemnogo musorosborochnogo punkta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiqindi to‘plash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam bo‘lmagan va 100 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Musor na poligone tverdix bitovix otxodov - Sputnik O‘zbekiston
Ohangaron tumanida chiqindi poligonidan biogaz olib, elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Qarorga muvofiq, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan (shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, yog‘och chiqindilari va boshqa) ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus chiqindi qutilari o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan vaqtinchalik savdo do‘konlari, shu jumladan, ko‘chma shoxobchalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish palatkalari, do‘konchalariga) tutash hududlarda – 5 metr radiusgacha ko‘tarish mexanizmli yoki ularni bo‘shatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega bo‘lgan ko‘chma chiqindi qutilarining o‘rtanilishi belgilangan.

Faoliyat yuritayotgan chiqindi to‘plash shoxobchalarini buzish ishlari ularning o‘rniga yangilari qurilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, chiqindi to‘plash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam bo‘lmagan va 100 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.

Parijdagi musor qutilari - Sputnik O‘zbekiston
Qishloqda ham chiqindi tashlash joyi zarur

Hududlarning daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) bilan bir sutkadan ortiq ifloslantirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qarorga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni alohida to‘plash va olib chiqib ketish uchun to‘rt turdagi konteynerlar o‘rnatiladi:

- qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar uchun – ko‘k rang;

- organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun – jigarrang;

- qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar uchun – kulrang;

- xavfli maishiy chiqindilar uchun – to‘q sariq rang.

Yangiliklar lentasi
0