Samarqandda mashina oynasida oyog‘ini chiqargan haydovchini IIB so‘roq qildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda Spark oynasidan oyog‘ini chiqarib haydagan yosh haydovchi IIB xodimlari oldida javob berdi.

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Ikki kun oldin, 2-oktabrda Facebook’dagi “Xalq fikri” guruhida Samarqand ko‘chalarida Spark avtomobilini mashina oynasidan oyog‘ini chiqarib haydayotgan yosh haydovchining videosi “Kim ekan bu madaniyatli?” degan izoh bilan joylashtirilgan edi.

Videoda avtomobil davlat raqami ko‘ringani tufayli Ichki ishlar organlari uchun uni topish muammo bo‘lmagan. Va oradan bir kun o‘tib, 3-oktabrda ushbu guruhda ichki ishlar organlari vakillari tomonidan suratga olingan yana bir video paydo bo‘ldi. Unda haligi “madaniyatli” haydovchini butunlay boshqacha holda ko‘rish mumkin.

IIB xodimining - Nega oynadan oyog‘ingizni chiqarib transport vositasini boshqardingiz?  degan savoliga, haydovchi - Yoshlik qildim, boshqa qaytarilmaydi, deb javob qaytargan.

 

Yangiliklar lentasi
0