Jamiyat

Yoqilgʻi-energetika resurslar narxlarini oʻzgartirish boʻyicha qaror loyihasi paydo boʻldi

© SputnikAvtozapravochnaya stantsiya v Tashkente
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Qaror loyihasida aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmogʻida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslariga narxlar va tariflarning oʻzgarishi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirilib,  muhokama qilinmoqda.

Shoxrux Aminov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Aholi debitor qarzdorligi keskin oshib ketmoqda – MIB direktori oʻrinbosari

Qaror loyihasida benzin narxlari quyidagicha belgilangan: 

Ai-80 - bir litr uchun 4000 soʻm;
Ai-91 - bir litr uchun 4500 soʻm;
Dizel yoqilgʻisi - bir litr uchun 4800 soʻm;
EKO dizel yoqilgʻisi - bir litr uchun 4900 soʻm.

Shuningdek, aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi rejalashtirilgan.

Respublikada tabiiy gaz va elektr energiyasi boʻyicha bitta abonent uchun isteʼmol miqdorining bazaviy normasini belgilash koʻzda tutilayapti. Bu eksperiment tariqasida Yunusobod tumanida oʻtkaziladi.

Unga koʻra, bir abonent (jismoniy shaxs) oyiga 300 kVt/soat elektr energiyasi hamda shaxsiy uy-joyda isitish mavsumida 1000 kub gaz belgilanmoqda. Bu loyiha, bekor boʻlishi, umuman boshqacha qabul qilinishi ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala