Opera xonandasi Montserrat Kabalye vafot etdi

© Sputnik / Vladimir VatkinKonsert Monserrat Kabalye v Kremle
Konsert Monserrat Kabalye v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Montserrat Kabalye 6-oktabr kuni Barselonada olamdan ko‘z yumdi. U 85 yoshda edi

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Butun dunyoga mashhur ispaniyalik opera xonandasi Montserrat Kabalye 85 yoshida Barselonada olamdan o‘tdi.

Bu haqda El Pais nashri tibbiyot xodimlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Gala-konsert, posvashenniy zakritiyu konkursa molodix ispolniteley populyarnoy muziki Novaya Volna 2015 - Sputnik O‘zbekiston
Opera yulduzi Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi

"Xonanda bugun oqshom San-Paudagi shifoxonada vafot etdi", - deyiladi xabarda.

Dafn marosimi dushanba kuni o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, Kabalye sentabr oyida Barselonadagi klinikalarning birida davolanish muolajalarini olgan.

Montserrat Kabalye belkanto yo‘nalishida tengsiz deb tan olingan, shuningdek, mumtoz italyan operalar Rossini, Bellini, Donitsettidagi rollari bilan mashhur bo‘lgan.

2012 yili Kabalye yoshi, mikroinsultni boshdan o‘tkazgani va yiqilib tizzasidan jarohat olganiga qaramay, jahonning qator teatrlarida konsert bergan.

© PAN PhotoVizit Montserrat Kabalye v Armeniyu
Opera xonandasi Montserrat Kabalye vafot etdi - Sputnik O‘zbekiston
Vizit Montserrat Kabalye v Armeniyu
Yangiliklar lentasi
0