Oʻzbekiston tadbirkorlar uchun majburiy boʻlgan hujjatlarga muhr bosishni bekor qilmoqchi

© Sputnik / Mixail PalinchakPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu qaror loyihasi muhr bosish majburiyatini butunlay bekor qilmaydi. Bu jarayon tadbirkorning oʻz xohish-istagiga bogʻliq boʻladi

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun majburiy boʻlgan hujjatlarga muhr bosish majburiyati bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Ushbu taklifni Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston jamoatchilik muhokamasiga kiritgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev amaldorlarga: tadbirkor ertaga hammangni boqadi!

Hujjatlarni rasmiylashtirish yoki taqdim etishda javobgar shaxsning muhri talab etilmaydi, uning imzosi boʻlsa yetarli.

Loyiha doirasida qaror va nizomlardan rasmiy hujjatda muhr boʻlishi shartligi haqidagi talabnomani olib tashlash rejalashtirilgan.

Ushbu qaror loyihasi muhr bosish majburiyatini butunlay bekor qilmaydi. Bu jarayon tadbirkorning oʻz xohish-istagiga bogʻliq boʻladi.

Ushbu oʻzgarish "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston reytingini yanada yaxshilash uchun amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0