"Toshshahartransxizmat" rahbarlariga xizmat mashinalaridan foydalanish taqiqlandi

© Sputnik / Aleksandr KryajevPassajir saditsya v avtobus
Passajir saditsya v avtobus - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu qoida hozircha faqat bir tizimda joriy etildi

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Endilikda Oʻzbekistonda haftaning har juma kunida "Toshshahartransxizmat" jamiyati va uning tarkibidagi korxonalarda xizmat mashinalaridan foydalanish taʼqiqlanadi.

Ushbu mazmundagi buyruq "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan qabul qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Erkinjon Turdimov - Sputnik Oʻzbekiston
Erkinjon Turdimov amaldorlarga xizmat mashinalarini boshqarishni taʼqiqladi

Yangi qoidaga koʻra, barcha rahbarlar va boshqa xodimlar juma kunlari jamoat transportida ishga keladilar. Shuningdek, rahbarlar vaziyatga qarab boshqa kunlarda ham erta tongdan avtobusda yurib, transport xizmati sifatiga yoʻlovchi nazari bilan eʼtibor qaratishlari taʼkidlanmoqda.

"Bundan koʻzlangan asosiy maqsad har bir rahbar oddiy yoʻlovchi sifatida avtobusda kechadigan jarayonlarni bevosita kuzatsin, u yerdagi muammolarni yurakdan his etsin. Shu asnoda ishga boʻlgan munosabatini oʻzgartirib, oʻz-oʻziga boʻlgan talabchanlik hamda masʼuliyatni yana oshirishsin", - deyiladi xabarda.  

Tizim rahbariyati, bu jarayonda haydovchi va chiptachilarning maxsus kiyimdaligiga, tashqi koʻrinishi sanitariya va gigiyena talablariga mosligiga, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan muomala madaniyati, yoʻl harakati qoidlariga amal qilinishi, oraliq bekatlarda ortiqcha turib qolish kabi qator masalalar ustidan nazorat olib boradilar.

Aniqlangan kamchilik va maummolardan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0