Benksining 1,4 million dollarga sotilgan kartinasi o‘z-o‘zini yo‘q qildi

Obuna bo‘lish
Yo‘q qilishga bo‘lgan ishtiyoq ham yaxshi ijodiy istak - Benksi auksionda sotilgan kartinasini o‘zi yo‘q qilib tashladi.

TOShKENT, 07 okt - Sputnik. Dunyoga o‘zining yashirin hayot tarzi va hozirgi zamonning eng dolzarb muammolarini aks ettiruvchi rasmlari bilan mashhur bo‘lgan Benksi ismli rassom yana bir tomosha ko‘rsatdi.  

Benksi odatda graffiti uslubida ko‘cha devorlarida rasm chizadi, lekin 5-oktabr kuni ilk bor uning “Havo shari ushlab turgan qiz bola” kartinasi Londondagi mashhur auksionda sotilishi kerak edi. 

Suriyalik migrant o‘g‘li, Benksining yangi tasviri - Sputnik O‘zbekiston
Stiv Jobs ham Suriyalik migrantning o‘g‘li bo‘lgan

Qog‘ozga akvarel bo‘yoqlar bilan chizilgan kartinaning narxi 250-300 ming dollar atrofida belgilangan edi. Savdo boshlanganidan keyin uning narxi keskin oshib ketdi va u 1 mln. funtga (1,4 mln dollargacha) sotildi. Lekin auksion boshlovchilsi “Bir, ikki, uch – sotildi” deyishi bilanoq...  

Rasm ramkasi ichida o‘rnatilgan yashirish shreder ishlab ketdi va kartina o‘z-o‘zini mayda bo‘laklarga qirqib tashladi.

Bu albatta Benksi tomonidan uyushtirilgan navbatdagi ajoyib tomosha bo‘ldi. Benksining o‘zi ushbu hodisani Pikasso aytgan mashhur so‘zlar bilan izoh qoldirgan: “Yo‘q qilishga bo‘lgan ishtiyoq ham ijodiy istak” deb.

Instagramda Benksining muxlislari ushbu hodisani bu “Qimmat kartinalarni sotib olib o‘yida bir o‘zi tomosha qiladigan boylarga qarshi aksiya” deb atashdi. Boshqalar esa, “Benksi hozirgina ushbu kartina narxini bir necha barobarga oshirdi” deb izoh qoldirishdi.

Yangiliklar lentasi
0