Hodisalar

AQShda toʻy limuzini avariyasida 20 kishi qurbon boʻldi

© FotoliaSotrudnik amerikanskoy politsii
Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston
Tuy limuzini avariyasi oqibatida uning ichda boʻlgan 18 kishi qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. AQShning Nyu York shtatida, toʻy limuzini ishtirokida sodir boʻlgan YTH oqibatida 20 kishi qurbon boʻldi deb xabar qilmoqda Amerika OAVlari.   

Xabarda aytilishiga koʻra, qurbonlarning 18 nafari limuzin yoʻlovchilari boʻlgan 2 kishi esa yoʻl chetida turgan piyoda boʻlgan.

Fojea shanba kuni Shoxari shaharchasida, relyefning past-balandliklari koʻp boʻlgan joyda sodir boʻlgan. Guvohlar aytishiga qaraganda ikkita avtomobil toʻqnashuvi oqibatida limuzin yoʻldan pastga tushib ketgan va katta tezlikda daraxtga borib urilgan. Yoʻl-yoʻlakay chorrahada magazin oldidan turgan piyodalarni ham urib yuborgan.

Dastlabki tasdiqlanmagan xulosalarga koʻra, qurbonlar soni koʻp boʻlishiga limuzin ichidagilarning xavfsizlik kamarini taqmaganliklari sabab boʻlgan, chunki Nyu York shtati qonunlariga koʻra, limuzin yoʻlovchilari xavfsizlik kamarini taqishlari shart emas.

Limuzin haydovchisi va uning yonida oʻtirgan kishi ham qurbon boʻlgan. Quyida voqea joyida olingan kadrlar bilan tanishing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala