Bojxona “Lirika” va “Tramadol” dorilari bo‘yicha ogohlantirish berdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNarkoticheskie veshestva v tabletkax
Narkoticheskie veshestva v tabletkax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, unga “Lirika” va “Tramadol” dori vositalarini kiritish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi “Lirika” va “Tramadol” dori vositalarining noqonuniy olib o‘tish holatlari va bu borada amalga oshirilayotgan choralar haqida axborot berdi.

Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan uchib kelgan yo‘lovchi telefonida 189 dona pornografik videolar aniqlandi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, unga “Lirika” va “Tramadol” dori vositalarini kiritish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari qo‘shni davlat fuqarosi A.N.ni 3730 dona “Tramadol” dori vositalarini noqonuniy ravishda olib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolishgan.

Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi o‘tkazilgan tezkor tadbirda dorixona rahbari J.A. 3691 dona “Lirika” dori vositasini noqonuniy ravishda sotayotganda ushlashdi.

Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa dorixonalardan biri aslida ta’mirlash uchun yopilgan bo‘lishiga qaramay, fuqarolar A.S, J.B, va A.X. tomonidan bu yerda 2305 dona “Lirika” dori vositalari saqlanayotganligi va ularning noqonuniy savdosi amalga oshirilayotganligi fosh bo‘ldi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan Chirchiqda istiqomat qiluvchi fuqaro R.G. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, unda 112 dona “Lirika” dori vositasi borligi aniqlandi.

“Dori vositalarini qonuniy tartibda import qilayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari ham bu boradagi mas’uliyatni aslo unutmasliklari kerak. Ya’ni, ulardan inson markaziy asab tizimiga kuchli ta’sir etuvchi hamda iste’molga tobelikni keltirib chiqaruvchi psixofaol dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga yo‘l qo‘ymasliklari talab etiladi”, - deyilgan bojxona xizmati xabarida. 

Yangiliklar lentasi
0