Fransiya O‘zbekistonda zamonaviy korxonalar quradi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishVistavka "Smotrite, eto — NANO!"
Vistavka Smotrite, eto — NANO! - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning Fives, Total EREN va Marche International De Rungis kompaniyalari bilan O‘zbekistonda zamonaviy korxonalar tashkil qilish haqida kelishib olindi.

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Fransiyaning Fives va Total EREN kompaniyalari O‘zbekistonda zamonaviy korxonalar ochadi deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik O‘zbekiston
Fransiyaning “Buig” kompaniyasi Buxoroda sayyohlik majmauasi quradi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi oldidan, 5-oktabr kuni Parijda o‘zbek – fransuz biznes forumi bo‘lib o‘tgan edi.

Biznes forum doirasida Fransiyada eng yirik oziq-ovqat logistika markaziga ega bo‘lgan Marche International De Rungis kompaniyasi hamda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi orasida Samarqand va Andijon viloyatlarida zamonaviy agrologik markazlar tashkil qilish haqida kelishib olindi.

Shuningdek, “O‘zbekenergo” va Total EREN kompaniyalari orasida Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurish haqida kelishib olindi.

Undan tashqari, “O‘zqurilishmateriallar” AJ va Fives kompaniyasi orasida avtomobil oynalari ishlab chiqarish haqida bitim imzolandi.

Parij, Luvr muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 8-9 oktabrda Fransiyaga tashrif buyuradi

Bank xizmatlari sohasida ham O‘zbekistonning Milliy banki, Sanoatqurilishbanki va Fransiyaning NATIXIS va BPI banklari orasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda fransiya kapitali ishtirokida 16 ta korxonalar tashkil qilingan. Ular orasida 2ta korxona 100% xorijiy kapital ishtirokida tashkil qilingan.

2017 yilda O‘zbekiston va Fransiya orasida savdo hajmi 251,6 mln. dollardan oshdi. 2018-yilning yanvar va avgust oylarida— 195,1 mln $. Bu ikki mamlakat orasida hamkorlikni 18,8 %ga oshganini ko‘rsatdi.

 

Yangiliklar lentasi
0