Turizm

Frantsiyaning “Buig” kompaniyasi Buxoroda sayyohlik majmauasi quradi

© Fulvio SpadaAnsambl Poi-Kalon. Gorod Buxara
Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik Oʻzbekiston
Milliy bank Frantsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda turizm sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati 100 million Yevroni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi arafasida Parijda oʻzbek-frantsuz biznes forumi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Milliy banki hamda Frantsiyaning “Buig” korporatsiyasi orasida turizm sohasida umumiy qiymati 100 million yevro boʻlgan shartnoma imzolandi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.

Imzolangan shartnoma ichiga jumladan Buxoro shahrida “Qadimiy Buhoro” turistik hududini qurish ham kiritilgan. Loyihaga koʻra 10 gektar hududda mehmonhonalar, savdo va koʻngilochar markaz, restoranlar, sara uy kompleksi, landshaft bogʻlarini barpo qilishni nazarda tutadi.

Bitim doirasida “Buig” kompaniyasi loyihalashtirish va qurilishdan tashqari, bu yoʻnalishdagi loyihalarni amalga oshirish uchun yangi investorlarni izlash va qurilgan obektlarni boshqarishda koʻmaklashadi.

Sanatoriy Zamin - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Baxmal va Zomin ekologik turizm markaziga aylanadi

Undan tashqari “Buig” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonning boshqa turizm shaharlarida mehmonhonalar va kurortlar tizimi loyihalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni rejalashtirgan.

Imzolangan bitim Oʻzbekistonning turizm salohiyatini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, madaniy merosning noyob obektlarini sayyohlarning keng qatlamiga tanishtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, zamonaviy turizm infratuzilmasini tezkor rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan.

Bouygues Batiment International SAS — Frantsiyaning 1952 yilda tashkil qilingan yirik qurilish kompaniyalaridan biridir. Buig kompaniyasi barpo qilgan inshootlar orasida - La-Mansh ostidagi tonnel, Defans arkasi, Sharl de Goll nomidagi ayeroportning 2-terminali, avtostradalar va boshqa obektlar bor. Kompaniya kapitali 25 mlrd. yevroga teng, xodimlari soni 133 mingdan ortiq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala