Dunyoda

Hindiston AQShning sanktsiya qoʻllash tahdidiga javob berdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishZRK S-400
ZRK S-400 - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Hindiston S-400 majmualarini yetkazib berish boʻyicha shartnomani imzolashdi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Hindiston hukumati Rossiyadan S-400 sotib olinishi ortidan mamlakatga nisbatan AQSH sanktsiya qoʻllashi mumkinligini tushunib turibti. Bu haqda Hindiston armiyasi shtabi rahbari, general Ravat Bipin maʼlum qildi.

Istrebitel MiG-21 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Hindiston Rossiyaga harbiy MiG-21 samolyotlarini sovgʻa qiladi

“Biroq biz mustaqil siyosat yuritamiz”, - deb alohida taʼkidladi armiya rahbari.

General soʻzlariga koʻra, Rossiyaga Nyu-Deli va Vashington oʻrtasida aloqalar mustahkamlanishidan “bezovta boʻlish kerak emas”.

“Sanktsiyalarni muhokama qilayotgan paytda, kelgusida Amerika tomonidan qiyinchiliklar boʻlishiga qaramasdan, Vladimir Putin va Narendra Modi S-400 majmualarni sotib olish boʻyicha shartnomani imzolashmoqda”, - deb qoʻshimcha qildi general.

Rossiya va Hindiston aloqalari

Juma kuni Rossiya va Hindiston S-400 majmualarini yetkazib berish boʻyicha 5,43 millard dollarlik shartnomani imzolashdi. Hindiston Xitoy va Turkiyadan soʻng  “Trium” zenit majmualarini sotib olgan uchinchi mamlakat hisoblanadi.

AQSH Hindistonning rejalaridan tashvishlanib, sanktsiyalar kiritilishini istisno qilmagandi.

Rossiya va Hindiston – harbiy-texnika sohasida yirik sherik boʻlgan mamlakatlardir: Hindiston armiyasi harbiy texnikasining 70 foizi Rossiyadan ishlab chiqarilgan. Rossiya har yilish Hindistonga milliard dollarlik texnika va qurol yarogʻ yetkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala