Hodisalar

Toshkentda besh yoshli bolasini sotgan fuqaro qoʻlga olindi

Oʻz farzandini sotmoqchi boʻlgan shaxsga nisbatan odam savdosi moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumani, Dilsaroy koʻchasida joylashgan kafe oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Q. oʻzining 2013 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan farzandi B.Q.ni 15 mln. soʻmga fuqaro M.A.ga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala