Onkologlar Markaziy Osiyo aholisini rakdan qanday saqlab qolish mumkinligini aytishdi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaV Respublikanskom spetsializirovannom nauchno-prakticheskom meditsinskom sentre onkologii i radiologii sostoyalos otkritie radioterapevticheskogo kompleksa kompanii "Elekta Infinity"
V Respublikanskom spetsializirovannom nauchno-prakticheskom meditsinskom sentre onkologii i radiologii sostoyalos otkritie radioterapevticheskogo kompleksa kompanii Elekta Infinity - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston 100 mingga yaqin aholisi turli darajadali onkologiya kasalliklari bilan kurash olib borilmoqda. Respublikada har yili 18-19 ming kishiga bunday tashhish qo‘yilmoqda.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentda 5-7 oktabr kunlari Markaziy Osiyo, Rossiya, Germaniya va Gruziya davlatlari ishtirokida onkologlarning birinchi kongressi o‘tkazildi.

Turli davlatlardan kelgan mutaxassislar saraton kasalligini tashxis va davolash ishlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

Masopererabativayushee predpriyatie APX Miratorg v Branskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Saraton keltirib chiqaruvchi asosiy ikki oziq-ovqat aniqlandi

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston 100 mingga yaqin aholisi turli darajali onkoligiya kasalliklari bilan kurash olib borilmoqda. Respublikada har yili 18-19 ming kishiga bunday tashhish qo‘yilmoqda.

Onkologiya kasalliklari bo‘yicha birinchi o‘rinda ko‘krak, oshqozon, o‘pka saratoni hisoblanadi.

Mutaxassislar kech va noto‘g‘ri tashxis qilishini oqibatida ko‘plab o‘lim holatlarini keltirib chiqarmoqda.

Markaziy Osiyoga zamonaviy texnologiyalar kerak

Toshkentdagi birinchi Markaziy Osiyo onkologiya kongressida mintaqada zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Markaziy Osiyo davlatlarida saraton kasallarining soni taxminan aholining 0,3-0,6 foizini tashkil qiladi. Bu rivojlangan Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo davlatlari raqamlaridan yuqori.

Mutaxassislar buning sababini aholi o‘rtasida ko‘pchilikni yoshlar tashkil etishi va onkoskrining dasturlarini yetishmasligida deb bilishmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPerviy Sentralnoaziatskiy kongress onkologov proshel v Uzbekistane
Onkologlar Markaziy Osiyo aholisini rakdan qanday saqlab qolish mumkinligini aytishdi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy Sentralnoaziatskiy kongress onkologov proshel v Uzbekistane

Shu sababli yaqin o‘n yillikda Markaziy Osiyo davlatlari orasida onkologiya bemorlar sonining sezilarli o‘sishini taxmin qilish mumkin.

Xalqaro ekspertlar ta’kidlashicha, 70 milliondan ortiq bo‘lgan Markaziy Osiyoga 200 dan ortiq yuqori texnologiyali uskunalar talab etiladi.

Hozirgi vaqtda mintaqada nurli terapiyani amalga oshirish uchun 15 ta maxsus uskunalar mavjud.

Ulardan faqat bir donasi O‘zbekistonda mavjud. Bu xizmatning yetishmasligi 10 minglab saraton bemorlarining hayot va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Kongress ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, kelgusi 2-5 yil davomida mintaqada 50 ga yaqin zamonaviy nur terapiyasi uskunalarini o‘rnatish talab etiladi.

Shu sababli, ming nafar malakali mutaxassislar - uskuna bilan ishlovchi terapevtlar, tibbiyot fiziklari va texnik-radiologlarini tayyorlash zarur bo‘ladi.

Tabletki v kolbax - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonga saraton kasalligiga qarshi 3 million dollarlik dorilar yetkazib berdi

O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilmoqda

Onkologiya va radiologiya bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov Sputnik muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonda radioonkoligiya xizmati rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi.

O‘tgan yili 15 ta viloyat onkologiya dispanserlari Onkologiya va radiologiya bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallariga aylantirildi.

Onkologiya muassasalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Ular uchun onkologik kasalliklarni tashxis va davolash ishlari bo‘yicha zamonaviy standartlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

“XXI asrning onkologiya xalqaro standarti nur terapiyasi bo‘ldi. Bu davolash turi bilan 2/3 qismida foylanish tavsiya etiladi. So‘nggi ikki yil ichida davlat tomonidan bemorlarning 95 foizi kimyo terapiya ta’minoti ta’minlandi. Taqqoslash uchun, 2014-2015 yillarda bu raqam atigi 12 foizni tashkil etgan”, - deb ta’kidladi Tillashayxov.

U bugungi kunda respublikada atigi 5 ta radiologik uskunalar ishlatilishi va hisob-kitoblarga ko‘ra qo‘shimcha 30-32 ta qurilmalar zarurligini ta’kidladi.  

Shu yilda markazda nur terapiyasi uchun yangi zamonaviy apparat o‘rnatildi.

Noyabr oyida esa shahar filialida yana biri ishga tushiriladi. Bundan tashqari, yaqin vaqtlarda respublikada 7 ta braxiterapiya apparatlari o‘rnatiladi.

Shu yil yakuniga qadar va 2019-yil boshida onkologiyaning o‘ta og‘ir holatlarini davolash uchun filiallarda 11 gammaterapiya apparatlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Islom taraqqiyot banki bilan 67 million dollarlik kredit ajratish bo‘yicha kelishuv mavjud. Bu mablag‘larga 20 dan ortiq apparatlar xarid qilish rejalashtirilgan.

Provedenie laboratornix issledovaniy - Sputnik O‘zbekiston
Saraton o‘smasini davolashning yangi uslubi topildi

Germaniya yordam taklif qildi

Mangeym universiteti professori Frederik Vens Sputnik muxbiriga Germaniya Markaziy Osiyoda onkologiyani davolash masalalarda tajriba almashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Xususan, bu yerda Germaniyadan Markaziy Osiyoga yuqori texnologiyalarini keltirish haqida gap ketmoqda.

“Meni O‘zbekistonda tibbiyot ta’minoti eng yuqori darajada ekanligi juda quvontirdi. Afsuski, buni mintaqada nur terapiyasining rivojlanishi haqida aytib bo‘lmaydi. Kongressda men o‘z chiqishimda O‘zbekistonda nur terapiyasi zamonaviy yutuqlari amalga oshirish bo‘yicha onkologiya qarshi kurash bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi. Aytish kerakki, respublikada buning uchun tayyor elementlar mavjud”, - dedi Vens.

Professor so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda o‘rtacha katta yoshli bemorlar orasida 55 foizi onkologiya barqaror remissiyaga erishish mumkin, bolalarda esa bu ko‘rsatkich 75 foizni tashkil etadi.

“Saraton kasalligi bo‘yicha kurashda g‘alaba qozonish mumkin. Buning uchun nur davolashni qo‘llash kerak, shu bilan birga saratonni oldini olish dasturlardan ham foydalanish zarur. Bu boshlang‘ich bosqichda aniqlash va davolanishdan keyin doimiy nazoratni amalga oshirish degani”, - dedi u.

Vladimir Lyadov - Sputnik O‘zbekiston
Onkolog: Saraton – bu keksalar kasali

Malakali xodimlar zarur

“Yuventa +” kompaniyasi direktori Artem Pokachalovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirish rejalashtirilgan loyiha – haqiqatdan ham samaralidir.

“U ko‘plab savollarni hal qiladi, shu jumladan tibbiyot turizm sohasida. Bilasizmi, ko‘plab onkologiya bemorlari boshqa davlatlarga – Hindiston, Turkiya va Germaniyaga borishga majbur. Yevropa, Germaniya mutaxassislari bu yerda ishlaydi va ko‘plab o‘zbekistonlik mutaxassislar bu loyiha va boshqa kelgusidagi loyihalar uchun maxsus tayyorlaymiz”, - dedi u.

Biroq, bu eng xavfli kasallikdan biri bo‘lgan rakni davolash uchun ko‘plab mablag‘ kerak. Shu bilan birga malakali mutaxassislar ham zarur.

“Mutaxassislar shtatini tuzish kerak. Bu juda jiddiy vazifa. Biz buni Rossiya va Germaniyaning yetakchi o‘quv yurtlari bilan amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Pokachalov.

Rossiya tibbiyot fiziklari uyushmasi vitse-prezidenti Aleksandr Chernyayevning rahbarligidagi delegatsiyasi tibbiyot fiziklarini o‘qitishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Moskva davlat universiteti filiali va tibbiyot fizikasi ixtisoslashgan Toshkent magistraturasidagi Germaniya onkologiya klinikasi negizida 2019-2020 yillarda bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilindi.

Yangiliklar lentasi
0