Yo‘lovchi “yashil” yo‘lakdan antiradar qurilmalarini olib o‘tishga harakat qildi

© Gosudarstvenniy Tamojenniy Komitet Respubliki UzbekistanV Tashkentskom aeroportu zaderjali ustroystvo "antiradar" v razmere 240 shtuk
V Tashkentskom aeroportu zaderjali ustroystvo antiradar  v razmere 240 shtuk  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchiga tegishli bo‘lgan yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan 240 dona antiradar qurilmalari borligi aniqlandi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. “Toshkent” xalqaro aeroportida navbatdagi bojxona qonunbuzulish holati aniqlandi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, “Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Yo.S.ning bezovtalanishi bojxonachilarning e’tiborini tortdi.

Fuqaro “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib, bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuki va bagajlari bo‘lim xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va yozma ravishda deklaratsiyalanmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 240 dona antiradar qurilmalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha belgilangan tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0