Dunyoda

AQSH Rossiya pulemyotlarining nusxasini ishlab chiqarmoqchi

© Foto : NewsTeam / Fotobankka oʻtishSotrudnik pravooxranitelnыx organov vo vremya spetsoperatsii
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov vo vremya spetsoperatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika maxsus qoʻshinlari Rossiyaning PKM va NSV pulemyotlarini AQShda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish talabi bilan chiqdi.

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Amerika maxsus qoʻshinlari qoʻmondonligi USSOCOM Rossiyaning dunyoda keng tarqalgan pulemyotlarini AQShda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish talabi bilan chiqdi, deb yozadi RIA Novosti The National Interest nashriga asosan.

Gap, xususan, PKM - Pulemyot Kalashnikova modernizirovannыy, 7,62mm patronli, va NSV - Nikitin, Sokolov, Volkov ogʻir pulemyoti, 12,7 mm patronli pulemyotlar haqida ketmoqda.

© WikipediaPulemyot Kalashnikova modernizirovannыy
AQSH Rossiya pulemyotlarining nusxasini ishlab chiqarmoqchi - Sputnik Oʻzbekiston
Pulemyot Kalashnikova modernizirovannыy

Xabarda aytilishiga koʻra, USSOCOM Amerika qurol ishlab chiqaruvchilari orasida ushbu pulemyotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish borasida tender eʼlon qilgan.  

Ishlab chiqaruvchilar oldiga Rossiyaning ushbu qurollari “texnologiyasi sirini ochish va texnik koʻrsatgichlari boʻyicha ularga teng yoki ulardan ustun boʻlgan nusxasini ishlab chiqarish” sharti qoʻyilgan.  

Shu bilan bir vaqtda AQSH Qoʻmondonligi kompaniyalarni ushbu qurollarning chizmalari va boshqa texnik maʼlumotlarni taqdim etmasligini, kompaniyalar ushbu maʼlumotlarni mustaqil ravishda topishlari lozimligi aytib oʻtilgan.

Agar kompaniyalardan birortasi ushbu qurollarini ishlab chiqarishni uddalasa, ular Rossiya qurollari nusxalarini AQSH hududida amerikada ishlab chiqarilgan detallardan va amerika ishchi kuchi yordamida amalga oshirishi kerak deyilgan.

Nashr xabarida aytilishiga koʻra, ikki Rossiya pulemyoti – bu ushbu yoʻnalishdagi birinchi qadam boʻladi. Kelajakda amerikaliklar xorijda ishlab chiqarilayotgan boshqa qurollarining nusxalarini ham ishlab chiqarishi mumkin, deyilgan maqolada.

Flag Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
ID omborida NATOning eng zamonaviy qurol-yarogʻlari topildi

Bunga nimab sabab boʻlgan?

The National Interest muallifi Maykl Pek yozishiga koʻra, dunyodagi istalgan qaynoq nuqtada olingan foto yoki videoni koʻrsangiz, unda jangarilar yoki qoʻzgʻolonchilar qoʻlida albatta Rossiya qurolini yoki uning mahalliy nusxasini koʻrasiz. Bu oddiy Kalashnikov avtomatidan boshlab ogʻir pulemyotlar va raketa ustanovkalarigacha.

AQSH Maxsus qoʻshnlari qoʻmondonligi USSOCOM jangarilar guruhlaridan birortasiga qurol yetkazib berganda, ular dunyo qurol bozorlaridan axtarib, Rossiya qurollarini va uning ehtiyot qismlarini sotib olishga majbur boʻlmoqda.

Rossiya qurolini sotib olishga shuncha mablagʻ sarflanar ekan, ushbu qurollar nusxalarini Amerikada ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysa boʻlmaydimi? Mana shu sababli USSOCOM amerika ishlab chiqaruvchilaridan Rossiya qurollarining nusxasini ishlab chiqarishga qaror qilgan.

Prezident Rossii Vladimir Putin prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kimoʻzar oʻyini boshlanmoqda: AQSH qurol-aslaha poygasida Rossiyani ortda qoldirmoqchi

Mualliflik huquqlari

Maqola soʻnggida muallif oʻz-oʻziga Amerika oʻz hududida Rossiya qurol yarogʻini mualliflik huquqlarini saqlamagan holda ishlab chiqarishi mumkinmikan, degan savol bilan murojaat qilgan. Va shu zahotiyoq “Rossiya va Xitoy shpionlari amerika texnologiyalaridan foydalanishda oʻzlarini tiyib turmagan” degan xulosa bilan buni oqlashga uringan.

Nima boʻlganda ham xorijiy qurol aslahani allaqanday nomaʼlum xalqaro qurol savdogarlaridan sotib olgandan koʻra amerikada ishlab chiqarish gʻoyasi aqlli fikr – degan soʻzlar bilan maqolaga yakun yasalgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala