Iqtisod

Abdulla Aripov SHHT Bosh vazirlar Kengashi majlisida ishtirok etadi

© Sputnik / Yekaterina ShtukinaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston
Dushanbeda Abdulla Aripov SHHT bosh vazirlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qiladi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Dushanbeda 11-12 oktyabrda SHHT bosh vazirlari Kengashi boʻlib oʻtadi.

Unda Abdulla Aripov SHHT bosh vazirlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Kengash kun tartibida  savdo-iqtisodiy munosababatlarni rivojlantirish, koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik Dasturini tadbiq etish, SHHT doirasida loyiha amaliyotini  moliyaviy taʼminlash kabi masalalari qoʻyilgan.

SHHT Bosh vazirlari kengashida Hindiston, Qozogʻiston, XXR, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, va Tojikiston bosh vazirlari ishtirok etishadi.

Bosh vazirlar, shuningdek, SHHT Banklararo uyushmasi tashkil qilish, SHHTning 2019 yilgi byudjeti hamda SHHT Bosh vazirlar Kengashining navbatdagi majlisining tashkiliy masalalarini muhokama qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala