Jamiyat

Ayol kishini haqorat qilgan Damas haydovchisi 3 kunga qamaldi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishIspravitelnыe kolonii
Ispravitelnыe kolonii  - Sputnik Oʻzbekiston
Damas haydovchisi 25-yoshli Xusniddin X., "Kichik bezorilik"da aybdor deb topilgan va unga 3 kun maʼmuriy hibs jazosi berilgan. 

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshaxartransxizmat” xodimi tomonidan suratga olingan video paydo boʻlgan edi.

Unda noqonuniy ravishda avtobus bekatida toʻxtab turgan “Damas” haydovchisi videolavhani suratga olgan “Toshshaxartransxizmat” xodimasini haqorat qilgani aks etgan edi.

K mujchine, naxamivshemu rabotnitse UP Toshtransdispetcherxizmat, prinyatы merы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Toshtransdispetcherxizmat” xodimini qoʻpol tarzda haqorat qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi

Ushbu ish Toshkent shahar IIB Mirzo Ulugʻbek tumani Maʼmuriy javobgarlik sudi tomonidan koʻrib chiqilib Damas haydovchisi 25-yoshli Xusniddin X., aybdor deb topilgan va Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 183 moddasiga “Kichik bezorilik” binoan jazoga tortilgan. Unga 3 kun maʼmuriy hibs jazosi berilgan

Uning yoʻlovchisi boʻlgan 25 yoshli Umidbek A.ning hatti harakatlari ushbu kodeksning 41 moddasiga binoan (Inson hurmati va qadr-qimmatini haqorat qilish) EKIHning 2 baravariga (368 ming soʻm) jarimaga tortilgan.

Undan tashqari YHX qoidalarini buzganligi uchun ikki Damas avtomobili haydovchilariga taaluqli dalolatnoma tuzilgan.

Toshkent shahar metropoliteni Ichki ishlar xodimining hatti-harakatlari – IIB ichki instruktsiyalariga muvofiq ravishda amalga oshirilgan deb topildi.

Xabarda shuningdek, avtobus bekatida turgan boshqa erkaklarning ushbu vaziyatga befar qarab turganligi va bezorlikni oldini olish uchun hamda ayol kishini himoya qilish uchun hech qanday harakat qilmaganliklari alohida qayd etib oʻtilgan. Shu oʻrinda IIB ayrim erkaklar oʻz fuqarolik majburiyatlarini unutib qoʻyishganini esga olgan.

“Hurmatli Toshkentliklar va poytaxt mehmonlari! Shahrimizda tartib-intizom hamda sizning xavfsizligingiz – bu faqatgina IIB xodimlari zimmmasiga yuklangan allaqanday mavhum tushunchalar emas. Koʻp narsa sizga bogʻliq. Sizning fuqarolik burchingizga, koʻz oldingizda yuz berayotgan qonunbuzarliklarga boʻlgan munosabatingizga bogʻliq  bogʻliq. Shahrimizning tinch-totuvligi sizning xulq-atvor madaniyatingiz, qonunlarga va eng oddiy odob-axlq qoidalariga amal qilishingizga bogʻliq", - deyilgan xabar soʻngida.   

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala