Jamiyat

Islom Karimovning oʻgʻli “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni sudga berdi

© Sputnik / Anton DenisovFasad zdaniya Tverskogo suda Moskvы
Fasad zdaniya Tverskogo suda Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston
Daʼvo arizasi koʻrib chiqish uchun sud majlisi 24 oktyabr kuniga tayinlandi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik, Mariya Sheludyakova. Oʻzbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning  oʻgʻli Pyotr Karimov "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKdan maosh pulini undirib berishni soʻrab, Moskva Tver sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi.

Pamyatnik Islamu Karimovu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskvada Karimov haykalini oʻrnatish boʻyicha referendum kuzga qoldirilishi mumkin

Sud matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, sud yigʻilishi 24 oktyabr kuniga tayinlandi.

OAV maʼlumotiga qaraganda, Pyotr Karimov milliy aviakompaniyada yuqori lavozimda ishlagan.

Pyotr Karimovning soʻzlariga koʻra, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK unga belgilangan ish haqini toʻlamagan.

Daʼvo arizasi quyidagicha ifodalanadi: "toʻlanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat boʻyicha nizolar".

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bu holatdan xabari yoʻqligini, ammo Petr Karimov kompaniyada faoliyat yuritgani haqidagi maʼlumot borligini maʼlum qildi.

Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, Pyotr Karimov Aziya-Invest bankida ishlagan.

Pyotr Karimov 1969 yilda tugʻilgan. OAV maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala