Toshkent shahar IIBB yong‘in chiqmasligi uchun ehtiyotkorlikka chaqirdi

© MVD Respubliki UzbekistanPojar v Almazarskom rayone g. Tashkenta
Pojar v Almazarskom rayone g. Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan extiyoj ortib boradi.

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi qoidalarga rioya etish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

V Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoranie v torgovom sentre - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir yong‘in: Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan extiyoj ortib boradi.

Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning extiyotsizligi oqibatida ko‘ngilsiz xodisalar sodir bo‘lishi mumkin.

“Mazkur xodisalarni oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz:

- qo‘lbola va nosoz gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;

- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;

- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi maxsulotlarni saqlamang;

- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;

- agarda gaz xidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darxol xonani shamollating xamda gaz xizmatiga xabar bering;

- isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga e’tibor bering”, - deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0