TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi kanali.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.
Eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma vazifacini bajaradi.