Pokiston generali Sarfraz Ali O‘zbekistonga tashrif buyurdi

© Ministerstvo oboroni RUzPakistanskaya delegatsiya vo glave general-mayora Sarfraz Ali posetila Uzbekistan
Pakistanskaya delegatsiya vo glave general-mayora Sarfraz Ali posetila Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat harbiy bilim yurtlari kelgusidagi hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadli rejalarni belgilab oldi

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. Pokiston delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘ldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Pokistonda o‘tkazilgan iftorlik marosimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Pokiston tarixda birinchi marta hamkorlikda iftorlik o‘tkazdi

"Pokiston Islom Respublikasi Quruqlikdagi qo‘shinlari kolleji komendanti general-mayor Sarfraz Ali boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi", - deyiladi xabarda.

Delegatsiya akademiyaning infratuzilmasi, o‘quv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Ta’lim dargohining professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan birgalikda o‘tkazilgan seminar-trening mashg‘ulotlarida har ikki tomon vakillarining ma’ruzalari tinglandi.

Ikki mamlakat harbiy bilim yurtlari kelgusidagi hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadli rejalarni belgilab oldi.

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari Qurolli Kuchlar davlat muzeyida ham bo‘lib, Shzbekiston milliy armiyasi tarixi va buguniga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Yangiliklar lentasi
0