"Soyuz" kosmik kemasi halokatga uchradi, ekipaj tirik qoldi

© Sputnik / Aleksey FilippovRaketa "Soyuz"
Raketa Soyuz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baykonur kosmodromidan uchirilgan Rossiyaning "Soyuz"  kosmik kemasi startdan bir necha daqiqa o‘tib halokatga uchradi.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Baykonur kosmodromidan uchirilgan Rossiyaning "Soyuz"  kosmik kemasi startdan bir necha daqiqa o‘tib halokatga uchradi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Kema ichida bo‘lgan rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin va amerikalik astronavt Nik Xeyg qo‘nish kapsulasida sog‘-omon yerga qo‘nishgan.

“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin ushbu hodisa sodir bo‘lganidan bir necha soat o‘tib Baykonurga yetib borgan va vazatni joyida boshqarib bormoqda.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, avariya raketa tashuvchining birinchi bosqichda ishlaydigan 4ta dvigateldan biri kerakli vaqdta korpuslan ajralmagan va buning oqibatida ikkinchi bosqichi dvigatellari ishlamay qolgani. Ayni damda fojea sabablari o‘rganilmoqda.

Roskosmos xabariga ko‘ra, ushbu avariya Rossiya kosmik kemalari bilan 2001-yildan buyon sodir bo‘lgan birinchi avariyadir.

Yangiliklar lentasi
0