Sport

Vladimir Putin Xabib Nurmagomedov bilan uchrashdi

© Sputnik / Mixail KlimentyevPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v rabote foruma "Rossiya - sportivnaya derjava"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v rabote foruma Rossiya - sportivnaya derjava - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Habibni “munosib va ishonchli” gʻalaba bilan tabriklab hazilomuz ohangda otasidan uni qattiq jazolamasligini soʻrashini aytdi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin aralash yakkakurash boʻyicha UFC chempinoni Habib Nurmagomedov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident Habibni “munosib va ishonchli” gʻalaba bilan tabriklab hazilomuz ohingda otasidan uni qattiq jazolamaslini soʻrashini aytdi.   

“Men sport qadriyatlari hamma narsadan – maosh va rerklamadan ustun boʻlishiga umid bildirmoqchiman. Men birinchi navbatda sening raqibing jamoasini nazarda tutmoqdaman. Nima boʻlganda ham sizlar oddiy erkakcha va sportchilarga xos doʻstlik va muloqot uchun yoʻl topasizlar deb umid qilaman”, - dedi prezident.

Vladimir Putin va Habib Nurmagomedovning uchrashuvi Ulyanovsk shahrida “Rossiya – sport mamlakati” forumi doirasida boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, 6 oktyabrda Amerikaning Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan “yil jangida” rossiyalik yakkakurashchi irlandiyalik raqibini ishonchli gʻalaba bilan yengib oʻzining chempionlik kamarini himoya qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala