Oʻzbekiston Belarus va Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaMinistr oboronы Uzbekistana Abdusalom Azizov vstretilsya s glavami oboronnыx vedomstv Respubliki Armeniya, Belarus i Azerbaydjana.
Ministr oboronы Uzbekistana Abdusalom Azizov vstretilsya s glavami oboronnыx vedomstv Respubliki Armeniya, Belarus i Azerbaydjana. - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiy rejadan Oʻzbekiston Mudofaa vazirining Belarusga rasmiy tashriflari, kelgusida ham harbiy topografiya, geodeziya, kartografiya va navigatsiya sohalarida hamkorlikni davom ettirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash masalalari oʻrin olgan.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Belarus, Armaniston hamda Ozarbayjon mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Vstrecha ministrov oboronы stran SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Toshkentda ilk bor MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi majlisi oʻtkaziladi

Taʼkidlanishicha, uchrashuv davomida tomonlar mudofaa va harbiy taʼlim sohasida hozirgi kunda olib borilayotgan hamkorlik hamda uning istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildi, harbiy texnika yoʻnalishida oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash borasida fikr almashishgan.

Ozarbayjon va Belarus respublikalarining mudofaa vazirlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunida 2019 yil davomida Oʻzbekiston mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama rejalar imzolandi.

Oʻzbekiston va Belarus respublikalarining Mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasidan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyatining Belarusga rasmiy tashriflari, kelgusida ham harbiy topografiya, geodeziya, kartografiya va navigatsiya sohalarida hamkorlikni davom ettirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash masalalari oʻrin olgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston hududida Belarus bilan qoʻshma mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida harbiy taʼlim sohasida tajriba almashishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari rejaga koʻra, oʻzbekistonlik harbiy mutaxassislar Ozarbayjonda oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi taʼkidlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala