Samarqandda Lacetti haydovchisi uch nafar talaba qizni urib yubordi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetda Samarqand viloyatida “Lasetti” rusumli avtomashinasi haydovchisi uch qizni urib yuborgani haqidagi videolavha tarqalgan edi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Shu yil 9-oktabr kuni soat 21.30da Samarqand shahar Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘’jiza” bazmgohi qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi Q.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch qizni urib yuborgan, deb xabar qildi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "Lasetti" bosib ketgan qiz tirik – IIBB

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatida “Lasetti” rusumli avtomashinasi haydovchisi uch qizni urib yuborgani haqidagi videolavha tarqalgan edi.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida, Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning 9-oktabr kuni soat 21.30da Samarqand shahar Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘’jiza” bazmgohi qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi Q.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini Panjakent ko‘chasi tomondan Dahbet ko‘chasi tomonga boshqarib borayotib, avtomashina yo‘nalishi bilan yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch qizni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan, Samarqand Davlat chet tillar instituti 2-bosqich talabalari 1994-yilda tug‘ilgan U.X., 1996-yilda tug‘ilgan U.I., 1996-yilda tug‘ilgan U.O.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar.

Hozirda ularning salomatliklarni taklash yuzasidan barcha tibbiy muolajalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0