Toshkentda yana yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

© GUVD g.TashkentaSgorevshiy avtobus "Mercedes-Benz Low Floor"
Sgorevshiy avtobus Mercedes-Benz Low Floor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda avtobus yuz bergan yong‘in sabablarini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Bugun, 12-oktabr kuni taxminan soat 14:50da, Parkent bozoriga yaqin hududda 95-yo‘nalishdagi avtobus yonib ketdi.

Facebookdagi guruhlardan birida yozilgan xabarga ko‘ra, 8-avtobus saroyiga qarashli “Mercedes Benz” markali 95-avtobus “Yunusobod 15 kvartal – Aviasozlar” yo‘nalishida harakatlangan.

© GUVD g.TashkentaSgorevshiy avtobus "Mercedes-Benz Low Floor"
Toshkentda yana yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Sgorevshiy avtobus "Mercedes-Benz Low Floor"

Yong‘in haqidagi xabar Yong‘in xavfsizligi bo‘limi navbatchilik qismiga soat 14:57da kelib tushgan. 10 daqiqa o‘tgach yong‘in sodir bo‘lgan manzilga ikki navbatchi guruh yetib kelgan va soat 15:11 da yong‘in o‘chirilgan.

Avtobusning motor qismi yongani va buning natijasida hech kim jabrlanmagani ma’lum qilingan.

Hozirgi vaqtda yong‘in sabablarini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0