Siyosat

AQSH maxsus vakili "Tolibon" bilan Afgʻonistondan askarlarni chiqarish masalasini gaplashdi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, tomonlar kelajakda yangi uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib olgan

TOSHKENT, 13 okt - Sputnik. AQSH maxsus vakili va "Tolibon" harakati aʼzolari bilan Qatarda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Afgʻonistondan chet el harbiy kontingentini olib chiqib ketish va mamlakatda tinchlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Tinchlik narxi qancha?": Oʻzbekiston hukumatining yengilmas Tolibon  bilan muzokaralari

Sal oldinroq AQShning Afgʻonistonda milliy yarashuv jarayoni boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Doxada "Tolibon" radikal harakati aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazgani xabar qilingan edi.

Harakat bayonotida "okkupatsiya" nihoyasiga yetgani va Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalalari muhokama qilingani aytilgan.

Taʼkidlanishicha, tomonlar kelajakda yangi uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib olgan.

Afgʻonistonda hukumat kuchlari va, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatning 50%ni nazorat qiluvchi "Tolibon" radikal harakati oʻrtasida kurash ketmoqda. Rossiya ayni vaqtda Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatida uchrashuv chaqirish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Taklifnomalar 12ta tomonga, shu jumladan, Doxadagi "Tolibon" siyosiy ofisiga ham yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0