Analitika

Koshkin: MDH davlatlari Rossiyada oʻzlarining milliy manfaatlari himoyachisini koʻrmoqda

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Plexanov nomidagi RIU siyosatshunoslik va sotsiologiya kafedrasi mudiri, harbiy siyosatchilar uyushmasi eksperti Andrey Koshkin Toshkentda oʻtkazilgan Hamdoʻstlik davlatlari Mudofaa rahbarlari kengashida ramziy bil belgini koʻrmoqda. Koshkin fikriga koʻra, bugun bu kabi muvofiqlashtirilgan ishlar har doimgidan-da muhim.

Oʻzbekiston poytaxtida 12 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ministr oboronы Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Azizov: dunyodagi vaziyat MDH mudofaa vazirlari kengashining ahamiyatini koʻrsatmoqda

Yigʻilish ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi vaziyat, xalqaror terrorizmga qarshi kurashish yoʻlidagi ustuvor vazifalar, hamda MDHga aʼzo mamlakatlar qurolli kuchlari aviatsiya parvozlari sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

"Agar suveren respublikalar tashkil topganidan soʻng bu kabi tashkilotlarga va kengashlarga munosabat skeptik boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib sobiq Ittifoq davlatlari oʻzlari na AQSH, na Yevropa shunchaki yordam koʻrsatmasligini anglab yetdilar.

Hozirgi murakkab sharoitda Rossiya rahbarligi ostida MDH davlatlari oʻz sayi-harakatlarini muvofiqlashtirishlari bu respublikalarning milliy manfaatlari muhofazasini taʼminlab berishi mumkin", - deb qayd etdi Koshkin.

Koshkinning soʻzlariga koʻra, Toshkentda boʻlib oʻtgan tadbir va unda muhokama etilgan masalalar umumiy chaqiriqlarga qarshi faqatgina birlashgan holda samarali kurashish mumkinligini koʻrsatmoqda.

Ekspert izohini toʻliq rus tilida Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tinglashingiz mumkin.

Koshkin: stranы SNG vidyat v Rossii zaщitnika ix natsionalnыx interesov
Yangiliklar lentasi
0