TOSHKENT, 13 okt - Sputnik. Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Unga koʻra, 2018 yil 16 oktyabrdan ijtimoiy soha obʼyektlarida, 2018 yil 19 oktyabrdan sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanishini maʼlum qilamiz.
Shu bois, hokimlik fuqarolardan oʻz xonadonlarida issiqlik taʼminoti tizimining barqaror ishlashi uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilishini soʻragan.
Eslatib oʻtamiz, 2017/2018 yil isitish mavsumi ijtimoiy soha obʼyektlarida 2017 yil 10 noyabrdan, turar-joy binolarida 2017 yil 12 noyabrdan boshlangan.