Dunyoda

Anqaradagi AQSH elchixonasi joylashgan koʻchaga Malkolm Iks nomi berildi

© Flickr / Jorge FranganilloTuretskiy gorod Ankara
Turetskiy gorod Ankara - Sputnik Oʻzbekiston
Malkolm Iks – AQShda otib oʻldirilgan siyosatchi, musulmonlar yetakchisi va qora tanlilar huquqlari himoyachisi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiya  poytaxtida AQShning yangi qurilgan elchixonasi joylashgan koʻchaga musulmonlar va qora tanlilar himoyachisi - Malkolm Iks nomi qoʻyildi, deb xabar qilmoqda Azon.uz portali, “Anadolu” xabariga asosan.

"Anqara shahri hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda Chuqurombor mahallasidagi 1478-koʻchani Malkolm Iks koʻchasi deb oʻzgartirishga qaror qilingan", - deyilgan xabarda.

Biroz oldin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon: “Malkolm Iksning ismini Anqarada jonlanadi”, degan edi.

AQShlik Malkolm Iks (aslida Littl) musulmonlar yetakchisi, siyosatchi va qora tanlilar huquqlarining himoyachisi edi. U AQSH tarixidagi eng mashhur afroamerikaliklardan biri hisoblanadi. 1965 yilning 21 fevralida Nyu-Yorkda otib oʻldirilgan. 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Anqaradagi Rossiya elchixonasi joylashgan koʻchaning nomi ham oʻzgartirilgan edi. Unga Anqarada fojeali qurbon boʻlgan Rossiya elchisi - Andrey Karlov nomi berilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala