Sport

Yemelyanenko amerikalik raqibini 1 raunddayoq nokaut qildi  

© Sputnik / Vadim Jernov / Fotobankka oʻtishFedor Yemelyanenko privetstvuyet zriteley
Fedor Yemelyanenko privetstvuyet zriteley - Sputnik Oʻzbekiston
Bellator Gran-pri musobaqasida Fedor Yemelyanenko amerikalik Cheyl Sonnenni nokaut bilan yengdi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Kecha AQShda boʻlib oʻtgan Bellator Gran-pri musobaqasida rossiyalik aralash yakkakurashchi Fedor Yemelyanenko amerikalik Cheyl Sonnenni nokaut bilan yengdi, deb xabar qilmoqda R-sport.

“Gʻalabga erishish uchun rossiyalik ogʻir vazn kurashchisiga bir raund kifoya boʻldi. Yemelyanenko ketma-ket bir necha zarbalar berganidan soʻng sudya jangni toʻxtatdi” – deb yozadi nashr.

Ushbu jang Bellatorning Gran-prisi uchun olib borilgan janglarning yarim finali edi. Endi Yemelyanenko 26 noyabrda Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan final jangida yana bir amerikalik –yakkakurashchi - Rayan Beyder bilan uchrashadi.

Eslatib oʻtamiz, Fyodor Yemelyanenko hozir 42 yoshda. Oʻz karerasida u 8 marotaba gʻalabaga erishib 5 marotaba magʻlubiyatga uchragan. Yemelyanenko uchun asosiy sport turi bu – sambo.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala