Yemelyanenko amerikalik raqibini 1 raunddayoq nokaut qildi  

© Sputnik / Vadim Jernov / Mediabankka o‘tishFedor Yemelyanenko privetstvuyet zriteley
Fedor Yemelyanenko privetstvuyet zriteley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bellator Gran-pri musobaqasida Fedor Yemelyanenko amerikalik Cheyl Sonnenni nokaut bilan yengdi.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Kecha AQShda bo‘lib o‘tgan Bellator Gran-pri musobaqasida rossiyalik aralash yakkakurashchi Fedor Yemelyanenko amerikalik Cheyl Sonnenni nokaut bilan yengdi, deb xabar qilmoqda R-sport.

“G‘alabga erishish uchun rossiyalik og‘ir vazn kurashchisiga bir raund kifoya bo‘ldi. Yemelyanenko ketma-ket bir necha zarbalar berganidan so‘ng sudya jangni to‘xtatdi” – deb yozadi nashr.

Ushbu jang Bellatorning Gran-prisi uchun olib borilgan janglarning yarim finali edi. Endi Yemelyanenko 26-noyabrda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan final jangida yana bir amerikalik –yakkakurashchi - Rayan Beyder bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, Fodor Yemelyanenko hozir 42 yoshda. O‘z karerasida u 8 marotaba g‘alabaga erishib 5 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Yemelyanenko uchun asosiy sport turi bu – sambo.

Yangiliklar lentasi
0