Iqtisod

Eng kam ish haqi bilan toʻlov-kontrakt narxlari ham oshadi

© X. Paydoyev / Narodnoye slovoStudentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda eng kam ish haqi oshishi munosabati bilan toʻlov-kontrakt narxlari ikkinchi semestrdan oshadi.  

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda eng kam ish haqi bilan birga OTMlar toʻlov-kontraktlari ham oshadi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar, Xushnudbek Xudoyberdiyevga asosan.

“Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayonining 12-ilovasiga izohda eng kam ish haqi miqdori oshirilganda mos ravishda toʻlov-kontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan oshirib borilishi belgilangan.

Bu shuni anglatadiki, kontraktlar bahorgi semestrdan, yaʼni mart oyidan oshadi, kuzgi semestrga toʻlangan kontrakt uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlash shart emas. Agar kontrakt oldindan 1 yillik toʻlab qoʻyilgan boʻlsa ham baribir 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qoʻshimcha toʻlov qilishga toʻgʻri keladi.”, - deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek quyidagi raqamlar ham keltirilgan:

Bakalavriat:

1-toifa: 45 barobar— 9 million 122 ming 850 soʻm;

2-toifa: 46 barobar — 9 million 325 ming 580 soʻm;

3-toifa: 50 barobar — 10 million 136 ming 500 soʻm;

4-toifa: 55 barobar — 11 million 150 ming 150 soʻm;

5-toifa: 60 barobar — 12 million 163 ming 800 soʻm.

Magistratura:

1-toifa: 49 barobar – 9 million 933 ming 770 soʻm;

2-toifa: 51 barobar – 10 million 339 ming 230 soʻm;

3-toifa: 55 barobar – 11 million 150 ming 150 soʻm;

4-toifa: 61 barobar – 12 million 366 ming 530 soʻm;

5-toifa: 66 barobar – 13 million 380 ming 180 soʻm.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2018 yilning 1 noyabrdan ish haqi va nafaqalar miqdori 10 %ga oshirilgan edi. Prezidentining 13 oktyabrda eʼlon qilingan “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan eng kam oylik ish haqi 202,730 soʻm etib belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala