Eng kam ish haqi bilan to‘lov-kontrakt narxlari ham oshadi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda eng kam ish haqi oshishi munosabati bilan to‘lov-kontrakt narxlari ikkinchi semestrdan oshadi.  

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda eng kam ish haqi bilan birga OTMlar to‘lov-kontraktlari ham oshadi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar, Xushnudbek Xudoyberdiyevga asosan.

“Davlat qabul komissiyasining 2018-yil 4-iyuldagi 2-son bayonining 12-ilovasiga izohda eng kam ish haqi miqdori oshirilganda mos ravishda to‘lov-kontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan oshirib borilishi belgilangan.

Bu shuni anglatadiki, kontraktlar bahorgi semestrdan, ya’ni mart oyidan oshadi, kuzgi semestrga to‘langan kontrakt uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lash shart emas. Agar kontrakt oldindan 1-yillik to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa ham baribir 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo‘shimcha to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi.”, - deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek quyidagi raqamlar ham keltirilgan:

Bakalavriat:

1-toifa: 45 barobar— 9 million 122 ming 850 so‘m;

2-toifa: 46 barobar — 9 million 325 ming 580 so‘m;

3-toifa: 50 barobar — 10 million 136 ming 500 so‘m;

4-toifa: 55 barobar — 11 million 150 ming 150 so‘m;

5-toifa: 60 barobar — 12 million 163 ming 800 so‘m.

Magistratura:

1-toifa: 49 barobar – 9 million 933 ming 770 so‘m;

2-toifa: 51 barobar – 10 million 339 ming 230 so‘m;

3-toifa: 55 barobar – 11 million 150 ming 150 so‘m;

4-toifa: 61 barobar – 12 million 366 ming 530 so‘m;

5-toifa: 66 barobar – 13 million 380 ming 180 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018-yilning 1-noyabrdan ish haqi va nafaqalar miqdori 10 %ga oshirilgan edi. Prezidentining 13-oktabrda e’lon qilingan “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan eng kam oylik ish haqi 202,730 so‘m etib belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0