Jamiyat

YHXB masjidlarda yoʻl harakati xavfsizligini targʻib qildi

© GUVD g. TashkentaSotrudnik pravooxranitelnыx organov na fone mecheti
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov na fone mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent masjidlarida imomlar haydovchilarni yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilishga chaqirdi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Yoʻl harakati xavfsizligini targʻibot qilishning  yanada samaraliroq uslublarini topish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchilarga masjid imomlari orqali murojaat qilishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

IIBBning ushbu tashabbusi diniy ulamolar tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi va oʻtgan juma – Yoʻl harakati xavfsizligi kunida -  Toshkent shahridagi barcha masjidlarda namoz oʻqishga kelganlar musulmonlarga masjid imomlari tomonidan yoʻl harakati xavfizligi qodalari haqida maʼruza oʻqildi.

© GUVD g. TashkentaToshkent masjidlarida YHX qoidalari targʻib qilindi
YHXB masjidlarda yoʻl harakati xavfsizligini targʻib qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent masjidlarida YHX qoidalari targʻib qilindi

Xususan masjid imomlari avtomobillarni boshqalarga xalal bermaydigan qilib toʻxtatish, boshqa haydovchilarga nisbatan hurmatli munosabatda boʻlish, bolalarni old oʻrindiqda yoki tizzasiga mindirib avtomobil boshqarmaslik haqida soʻz yuritildi.

Yoʻlning avtomobillar harakatlanishi uchun moʻljallangan qismida qoldirilgan transport vositalari bosh haydovchilar, tez yordam yoki oʻt oʻchirish mashinalariga xalal berishi mumkinligi, bolani oldingi oʻrindiqda oʻtrib mashina haydash favqulodda vaziyatlarda bolalar hayotiga katta xavf solishi haqida aytib berildi.

IIBB xabarida aytilishiga koʻra, maʼruzalarni namozxonlar diqqati bilan eshitishgan. Shu bois YHXB bundan buyon poytaxt yoʻllarda qoidabuzarliklar kamroq sodir boʻlishiga umid bildirmoqda.

Shu bilan birga, IIBB, har qanday din, birinchi navbatda, oʻz yaqinlariga va atrofdagi insonlarga mehr koʻzi bilan boqishni va muruvvatli boʻlishni targʻib qilishini yana bir bor eslatib oʻtgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala