O‘zbekiston termasi Ektor Kuper boshchiligida birinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

© O‘FAMarat Bikmayev
Marat Bikmayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi 16-oktabr kuni Qatarga qarshi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy Ektor Kuper boshchiligida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda O‘FA.

Kecha Toshkentdagi “Milliy” stadionida Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi 2:0 hisobida O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi ikkala gol ham hujumchi Marat Bikmayev tomonidan urildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekiston terma jamoasi Suriya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan, Eron bilan esa 0:1 hisobida o‘ynab mag‘lubiyatga uchragan edi.

Yangiliklar lentasi
0