Internetda O‘zbekiston militsiya xodimlarining yangi formasi muhokama qilinmoqda

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozircha Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi forma shakli rasman e’lon qilinmagan.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Facebookdagi guruhlardan birida O‘zbekiston Ichki ishlar xodimlarining yangi formasi foto-surati paydo bo‘ldi va ayni vaqtda bu xabar keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingandi.

Farmon bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, xalqaro standartlar asosida, fuqarolar ongida ichki ishlar organlari haqida ijobiy imij shakllantirish maqsadida militsiya xodimlarining maxsus liboslari, atributkalari va farqlovchi belgilarini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

Ammo shu vaqtgacha, O‘zbekiston IIV formasi bo‘yicha nazarda tutilgan o‘zgarishlar ro‘y bermadi.

"Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar IIBB va boshqa xizmat vakillari yangi forma namunalari bo‘yicha ish olib borishmoqda. Bu forma shakli hali tasdiqlanmagan, bu bo‘yicha ish davom etmoqda”, - deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Ichki ishlar organi vakillaridan biri.

O‘zbekiston IIV dan bu borada rasmiy izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha xali 2-yil davomida forma almashmaydi.

Hozircha Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi forma shakli rasman e’lon qilinmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0