Xalq tabobati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslarning faoliyatiga baho beriladi

© Sputnik / Natalya AyriyanLechebnie travi na rinke vixodnogo dnya v Sxinvale.
Lechebnie travi na rinke vixodnogo dnya v Sxinvale. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq tabobati xodimlari ko‘rsatgan xizmatlari uchun tibbiyot xodimlari kabi javobgar bo‘ladi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Dollari v konverte - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda farroshlik uchun 200 $ so‘ragan tibbiyot xodimlari qo‘lga olindi

Qaror bilan endilikda xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etiladi va ushbu faoliyat bilan litsenziya asosida shug‘ullanish lozim bo‘ladi.

Xalq tabobati xodimlari ko‘rsatgan xizmatlari uchun tibbiyot xodimlari kabi javobgar bo‘ladi.

Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida xalq tabobati bo‘yicha maxsus o‘quv sikli, Toshkent vrachlar malkasini oshirish institutida xalq tabobati kafedrasi va “Xalq tabobati” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursi joriy etiladi

Shuningdek, joriy yilning 1-dekabrigacha xalq tabobati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslarning faoliyatiga baho berish mezonlari ishlab chiqiladi.

Xalq tabobati bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlarini ilgari surish, ular manfaatlarini himoya qilish maqsadida Xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, xalq tabobatida qo‘llaniladigan o‘simliklar, ularni parvarish qilish va o‘stirish joyi, o‘simliklardan foydalanish va boshqa zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus baza yaratiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0