Ergashev Putinning O‘zbekistonga tashrifi haqida: bu gumanitar sohada katta yuksalish bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19-oktabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Ushbu tashrif chog‘ida bir yo‘la bir nechta keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilishi, muzokaralar yakuni bo‘yicha esa salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan

Sputnik O‘zbekiston Ma'no tadqiqotchilik tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashevdan Rossiya davlat rahbarining respublikaga tashrifidan nimalar kutish mumkinligi va hozirda ikki tomonlama munosabatlar qay darajada ekani to‘g‘risida so‘radi.

- Ikki davlat rahbarlari, shuningdek Rossiya va O‘zbekistonning turli idoralari boshliqlari so‘nggi paytlarda ikki tomonlama doirada, hamda mintaqaviy maydonlarda yaqindan va tez-tez aloqa qilib turishibdi. Siz O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari darajasini qanday baholagan bo‘lardingiz va bunday sifatli o‘zgarishlarning asosiy sababini nimada deb baholar edingiz?

- Mening fikrimcha, Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil aprel oyidagi Moskvaga tashrifi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi rivojlanib borayotgan aloqalarga turtki bo‘ldi. Bu ikki tomonlama munosabatlarda haqiqiy burilish yasashga urinish edi va bunga erishildi. Muzokaralar natijasi darhaqiqat ta’sirchan bo‘ldi: 15 milliard dollardan ziyodroq kelishuvlar, shularning kattagina qismi - sarmoya loyihalari. Turli idoralararo hamkorlik bitimlari, asosiysi esa – aniq "yo‘llar xaritalari". Ularning amalga oshirilishi hozirda o‘z natijalarini bermoqda.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev uchrashuvi: atom, olimlar, yo‘llar, notinch qo‘shni va nahotki, paxta?

O‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun "yashil yo‘lak"ning ochilishi ham yorqin misol bo‘la oladi va bu o‘laroq Rossiyaga meva va sabzavot yetkazib berilishi bir necha marotabaga oshgan edi. Joriy yilning 6 oyi davomida eksport 2017-yilgiga qaraganda 70 %ga o‘sgan.

Shunaqa aniq “yo‘llar xaritasi” ishlanma mexanizmi va joylarda belgilangan loyihalarning amalga oshirilishi ikki davlatning o‘zaro munosabatlar yuqori ekanligi ko‘rsatadi. Bu shunchaki niyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiya emas, balki aniq bir sohada natijaga erishishga yo‘naltirilgan.

Moskva shahrida o‘tgan yilning bahorida tashrif doirasida bo‘lajak voqea – birinchi O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo forumiga asos solingandi. Axir Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Kremldagi uchrashuvda o‘z davlatlari viloyatlarini hamkasblari bilan aloqa qilishga, iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga undashgan. Shunday kuchli startdan so‘ng barcha darajalarda faol ish boshlangan edi.

Vladimir Putin prinyal veritelnie gramoti u posla Uzbekistana v RF Botirjona Asadova - Sputnik O‘zbekiston
Putin: O‘zbekiston – Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisidir

Harbiy texnik hamkorlik ham rivojlanmoqda. Rus jangovar vertolotlari Mi-35 yetkazib berishga shartnomalar imzolangan, birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilgan, harbiy ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda. Kuni kecha MDH davlatlari mudofaa boshliqlarining navbatdagi majlisi doirasida harbiy aviatsiya uchun havo bo‘shlig‘idan birgalikda erkin foydalanish haqidagi bitim imzolangan. Bu ham Toshkent va Moskvaning strategik munosibatlarining namoyishi. Vladimir Putinning O‘zbekistonga ushbu tashrifi – avval erishilgan kelushuvlarning mantiqiy davomi va ikki davlat munosibatlarining yangi bosqichi.

- Rossiya davlat rahbarining tashrifi mazmunga boy bo‘lishi kutilmoqda: bu O‘zbekistonda birinchi atom stansiyasi qurilishini ishga tushirish, va birdaniga ikkita katta forum – mintaqalararo va oliy o‘quv yurtlararo, oliy darajadagi muzokaralar. Sizning fikringizcha, bo‘lajak uchrashuvning asosiy natijasi nima bo‘ladi?

- AES qurilishining boshlanishi – bu ikki davlat strategik aloqalarini yanada mustahkamlashga imkon beruvchi, O‘zbekiston uchun uzoq kutilgan va eng muhim loyihadir. Bu respublikadagi rus sarmoya ishtirokidagi birinchi keng ko‘lamli loyiha emas. “Lukoyl” bilan birgalikda qurilgan Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasini yoki Toshkentda va Qoraqalpog‘istonda katta metallurgiya zavodlarini qurilishlarini ko‘zlanganini yodga olish kifoya. Shunga o‘xshash loyihalar ko‘payib bormoqda. Ilgari aytib o‘tganimdek, yana bir muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narsa – harbiy texnika sohasidagi hamkorlik. Bu mavzuga ham xuddi xavfsizlikka kabi e’tibor qaratiladi.

Ilxom Sadikov zamestitel direktora Akademii nauk RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qurishga nimalar sabab bo‘lgan

Lekin mening fikrimcha, muzokaralarning o‘ziga xos ajoyib tomoni bu gumanitar soha bo‘ladi. Axir O‘zbekistonga turli darajadagi vazirlar, harbiylar, ishbilarmonlar ko‘p kelishgan, lekin birdaniga, mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, 40dan oshiq rus oliy o‘quv yurtlari vakillari kelishi – bu mustaqil O‘zbekiston yillaridagi ilk voqelikdir. Vladimir Putinning tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan rektorlar Forumi esa, ikki davlat hamkorligidagi ijtimoiy sohadagi mutlaqo yangi bosqichning boshlanishi bo‘ladi.

Bu hamkorlik hozirda ham bor – hattoki agar Rossiyaning O‘zbekistondagi oliygohlar filialiga qarasak, sakkizta xorijiy oliygohlarning beshtasi Rossiya Federatsiyasiniki. Forum natijalari bo‘yicha maorif sohasida ham talabalar almashinishi, ham akademik shartnomalar yuzasidan o‘nlab yangi kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. O‘zbek talabalari miqdori Rossiya oliygohlarida yildan yilga ortmoqda, hozirda bu taxminan 20 mingni tashkil etadi. Bu yo‘nalishda davlatlar mutlaqo yangi sifatli keskin o‘zgarishlar qilishlari mumkin.

- Oliy o‘quv yurtlararo ijtimoiy forumdan tashqari, Toshkentda birinchi mintaqalararo sammit ham bo‘lib o‘tadi. Sizning fikringizcha, RF va O‘zbekistonning ishlari bu darajada qay vaziyatda, qaysi viloyatlar bu ishga fa’olroq qo‘shilishi kerak?

- Mintaqalararo hamkorlikga o‘tgan yilning aprel oyida Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi chog‘idayoq asos solingandi. O‘sha safardan keyin Rossiya va O‘zbekiston mintaqalari rahbarlari o‘rtasida o‘nlab uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. RF subyektlari orasida o‘zlarinining peshqadamlari ham bor. Masalan, Tatariston juda fa’ol. Davlat rahbari Rustam Minnixanov uchun bu yil davomida ikkinchi marta O‘zbekistonga kelishi bo‘ladi. Ishonamanki, navbatdagi kontraktlar va hamkorlik haqidagi shartnomalar imzolaniladi. Mazkur mintaqaning respublikaga taklif qiluvchi narsalari bor, avvalo neftximiya, to‘qimachilik sanoati, hamda mashinaqurish sohalarida.

Deputat Gosdumi RF Irek Zinnurov - Sputnik O‘zbekiston
Zinnurov: turizm sohasida Tatariston va O‘zbekiston ajoyib munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan

Fa’ollik va tashabbus kutish kerak bo‘lgan mintaqalar haqida to‘xtalib o‘tsak, o‘ylashimcha, bu birinchi navbatda O‘zbekiston yaqin kunlar o‘z konsulligini ochmoqchi bo‘lgan viloyatlar. Gap Vladivostok, Qozon, Yekaterinburg va Rostov--Don to‘g‘risida bormoqda.

Agar Rossiya viloyatlarining hamkorligi uchun qiziqarli ehtimoli to‘g‘risida gapirsak, men Rossiyaning janubiga diqqatimni qaratgan bo‘lardim, bugungi kunda u yerda paxtachilikni qayta tiklashga urinishmoqda. Mintaqalararo aloqalar uchun yana bir muhim yo‘nalishlardan biri bu Sibir. Hozirgu kunda bu munosabatda faqat Tomsk viloyati vakillari juda faol, birinchi navbatda ilmiy va ijtimoiy hamkorlik hisobidan. Ammo boshqa sohalarda ham imkoniyatlar bor.

- Qanchalik, sizning fikringizcha, Rossiya va O‘zbekistoning tranzit transport sohasidagi hamkorligi muhim? Bu munosabatda davlatlar bir birlariga qanday foyda keltirishlari mumkin?

- O‘zbekiston katta yuqori tranzit imkoniyatiga ega, bu nafaqat Markaziy Osiyo bo‘yicha qo‘shnilarga, Xitoyga, Hindistonga yoki Yevropaga, balki Rossiyaning o‘ziga ham manfaatli bo‘lishi mumkin. Axir agar o‘sha Hindiston bo‘lsa, u yerga avval O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, so‘ngra Rossiya davlat rahbar Vladimir Putin tashrif buyurdi, o‘z mollarini shimolga tez va qulay o‘tkazishdan manfaatdor bo‘ladi, asosan Markaziy Rossiyaga eltuvchi Kaspiy orqali yo‘ldan tashqari, unga Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Qozoqiston orqali RFning sharqiy mintaqalariga – Ural yoki Sibirga mol va yuklarning o‘tishi uchun Markaziy Osiyo varianti asqotishi mumkin. O‘zbekiston transport yo‘laklarini, shu jumladan shunday muhim, Afg‘oniston kabi oddiy bo‘lmagan yo‘nalishda rivojlantirmoqda. Termiz-Mazori Sharif temir yo‘li loyihasi allaqachon amalga oshirilgan, shuningdek ushbu tarmoqning Hirotgacha uzaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kelajakda bu janubiy dengizlarga chiqishga imkon beradi va “Shimol-Janub” marshruti deb ataluvchi muhim bir qismga aylanadi.

- Afg‘oniston mavzusi so‘nggi paytlarda ham ikkitaraflama, ham mintaqaviy, va hattoki dunyo miqyosidagi muzokaralarda markaziy mavzulardan biriga aylandi. Bugunda Rossiya va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha pozitsiyalar qanaqa va qanchalik ehtimoli borki bu masalalarga tashrif chog‘ida to‘xtalib o‘tiladi?

- Ikki davlatning pozitsiya va yondashuviga to‘xtalib o‘tsak, o‘zlarining manfaatlariga qaramasdan, ularning har birining ham Moskva uchun, ham Toshkent uchun mutlaqo yagona va tushunarli umumiy jihatlari bor. Birinchidan, ham Rossiya, ham O‘zbekiston so‘ngi natijada va hozir faqat bir narsani istashadi – Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, zo‘ravonlik va qon to‘kilishini to‘xtatish, bir-biriga qarshi jang qiluvchi taraflarni yarashtirish.

Ikkinchisi, qisman ikki davlat pozitsiyalarini birlashtirishda – bu afg‘on mojarosining hamma taraflari bilan aloqa qilishga tayyorgarlik. Agar ilgari Moskva avvalo Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarini qo‘llab quvvatlagan bo‘lsa, pushtun deb ataluvchi janubiy mintaqalariga kamroq e’tiborini qaratgan, hozirda esa RF muzokaralar stoli atrofiga boshqa afg‘on kuchlarini o‘tkazishga tayyor.

Va nihoyat, navbat bo‘yicha uchinchisi, lekin masalaning muhimligi bo‘yicha emas – xavfsizlik.

Otrad boyevikov IGIL - Sputnik O‘zbekiston
"ID" va "Al-Qoida" birlashishi mumkin, deb ogolantirmoqda ShHT

Allaqachon bir necha marta aytib o‘tilgandek, Suriya va Iroqda tor-mor etilgan ID (Islom davlati) jangarilari (terrorchilik tashkiloti deb topilgan va RF va boshqa davlatlarda ta’qiqlagan. – Tah.) Afg‘onistonning shimoliy viloyatlariga ko‘chib o‘tishgan. Har xil baholarga ko‘ra, ularning miqdori 6 mingdan to 9 ming kishigacha odamni tashkil qilishi mumkin, shubhasiz bu Markaziy Osiyo va Rossiyaning o‘zi uchun ham tahid keltirib chiqaradi.

Bu sharoitlarda diplomatik urinishlarlan tashqari harbiy hamkorliksiz bilan ham cheklanib bo‘lmaydi. Davlatlar HHK uchun ochiq havo fazosi – aynan kuchayib kelayotgan tahdidga qarshi kurashish unsurlaridan biri. Ishonchim komilki, Afg‘oniston mavzusi ikki davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibida qanday bo‘lmasa ham ko‘rib chiqiladi. Afg‘onistondagi vaziyat shundayki, bu mazkur masalaning harbiy siyosiy muhokamasi yana uzoq muddat amaliy ravishda har qanday oliy darajadagi muhokamalarning qismi bo‘lib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0