Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi o‘tkaziladi

© MO RFFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat OTMlari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishadi

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan Toshkent shahrida shu yilning 18-19 oktabr kunlari birinchi marotaba "O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi" o‘tkaziladi, deb xabar qildi O‘zbekiston OTV matbuot xizmati.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev uchrashuvi: atom, olimlar, yo‘llar, notinch qo‘shni va nahotki, paxta?

Forumda ikki davlat prezidentlari administratsiyalari, Hukumat rahbarlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Ikki davlat OTMlari rektorlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilishadi.

“O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” yakunlari bo‘yicha: O‘zbekistonda Rossiyaning nufuzli OTMlari filiallarini tashkil etish; akademik tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish; birgalikda ilmiy va innovatsion forumlarni o‘tkazish; ilmiy-tadqiqot bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish; oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida axborot almashinuvini o‘rnatish va hamkorlikni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0