TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Germaniya fashistik davlati yetakchisi Adolf Gitler sadomaxistik moyilliklariga ega boʻlgan. Shuningdek, oʻzini gomoseksual va geteroseksual oriyentatsiyasida deb hisoblagan. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi fyurerning hayoti toʻgʻrisidagi maxfiy hisobotida aytilgan.
Ushbu hisobot 70 varaqdan iborat boʻlib, 1943 yilda AQSH strategik xizmat boshqarmasi antropologi Genri Fild tomonidan tuzilgan.
U Ernst Sedjvik Ganfshtengel taqdiqotiga asoslanadi. U Gitlerning XX asr 20-30 yillarda yaqin doʻsti boʻlgan. Keyinchalik AQShga ketgan.
Hisobotda aytilishicha, Gitler “sadomazaxistik, yoshlikda gomoseksualizmga moyilligi” boʻlgan. Bundan tashqari, Gitler oʻzining boʻlajak oʻrinbosari Rudolf Gessega nisbatan shahvoniy qiziqishi boʻlgan. Ular 20 yillarda birga qamoqda boʻlishgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Gess gomoseksual boʻlib, “unda ayollar liboslarini kiyish odati boʻlgani” uchun “Froylen Anna” laqabini olgan.
Shuningdek, hisobotda Gitler “yosh yigitlarga qarashdan estetik zavq olgan”.
“Uning jinsiy hayoti – siyosiy qarashlari singari ikki xil, u bir vaqtning oʻzida gemoseksual va geteroseksual, sotsialist va keskin natsist, erkak va ayol”, - deyilgan hisobotda.
Hisobotda Gitlerning jinsiy hayotidagi faktlardan tashqari, uning bolaligi, taʼlimi, yaxshi koʻrgan taomlari, musiqa va odatlari haqida maʼlumotlar bayon etilgan.