Alisher Usmonov Olmaliqda Misis universiteti filiali ochilishida ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishV.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle
V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"MISiS" MTTU O‘zbekistonda o‘z bo‘limiga ega bo‘lgan to‘rtinchi Rossiya oliy ta’lim dargohiga aylanadi

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. 18 oktabr kuni O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida Olmaliq shahrida MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi o‘tkaziladi

Olmaliqdagi filiali ochilishi bilan universitetning, shu jumladan, xorijdagilarni ham qo‘shib hisoblaganda, filiallari soni oltitaga yetadi.

"MISiS" MTTU O‘zbekistonda o‘z bo‘limiga ega bo‘lgan to‘rtinchi Rossiya oliy ta’lim dargohiga aylanadi.

Tantanali ochilish marosimida RF Fan va oliy ta’lim vaziri Mixail Kotukov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov , Rossiyadagi USM Holdings aksionerlik jamiyati asoschisi va rahbari Alisher Usmonov, "MISiS" MTTU rektori Alevtina Chernikova, OTMK boshqaruvi raisi Abdullo Xursanov ishtirok etadi.

Bugungi kunda "MISiS"da texnologik mutaxassisliklar (tog‘ ishi, metallurgiya, materialshunoslik va materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar) bo‘yicha O‘zbekistondan 400 nafardan ziyod talabalar va aspirantlar tahsil olmoqda.

Filialga Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahrida joylashgan binosi va Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining binosi tekin foydalanish uchun berilgan.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev uchrashuvi: atom, olimlar, yo‘llar, notinch qo‘shni va nahotki, paxta?

2018/2019 o‘quv yilida filial uchun ajratilgan kvota miqdori 150 kishini tashkil qiladi. Filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda "MISiS" MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘quv jarayoniga o‘zbek mutaxassislari bilan bir qatorda Rossiyadan ham yuqori malakali o‘qituvchilar jamoasi jalb qilingan.

Respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun muhim ilmiy- texnologik vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash, metallurgiya, konchilik ishi va sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish yangi oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0