YeI Rossiya bilan Markaziy Osiyoda raqobat qilmoqchi emas, dedi Mogerini

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi
Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mogerini bunday bayonot bilan Brusselda o‘tkaziladigan va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ham delegatsiyalar ishtiroki kutilayotgan "Osiyo-Yevropa" forumi arafasida chiqish qilgan

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo respublikalari YeI bilan munosabatlarni rivojlantirib, shu bilan birga Rossiya bilan aloqalarni saqlab qolishida qarama-qarshiliklarni ko‘rmaydi. Yevropaning "gegemonlik qilish" yoki bu mintaqada ta’sir doirasini bo‘lib olish rejasi yo‘q, deb bayonot qildi chorshanba kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini.

Flagi Yevrosoyuza u zdaniya shtab-kvartiri Yevropeyskoy komissii v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
YeI delegatsiyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni muhokama qildi

Mogerini bunday bayonot bilan Brusselda o‘tkaziladigan va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ham delegatsiyalar ishtiroki kutilayotgan "Osiyo-Yevropa" forumi arafasida chiqish qilgan.

"Markaziy Osiyo biz oxirgi ikki-uch yilda munosabatlarni kuchaytirgan mintaqalardan biridir. Bu ular boshqa tomonga qarashlari uchun qarshiliklar yo‘qligini anglatadi. Ular Xitoy bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lishi, Rossiya Federatsiyasi bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lishi va Yevropa ittifoqi bilan ham yaxshi munosabatlarda bo‘lishlari mumkin", — deb aytgan Mogerini Yevroparlamentdagi chiqishi vaqtida.

"Biz raqobat qilmaymiz, biz hamkorlik qilayotgan kuchmiz, lekin biz sifat nuqtayi nazaridan, iqtisod nuqtayi nazaridan, inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasida yaxshi takliflarni bera olamiz, va ular bundan manfaatdor", deb hisoblaydi Mogerini.

"Shu bois, fikrimcha, hech bir gegemonlik yoki ta’sir o‘tkazish rejasisiz, ammo ko‘pqirrali munosabatlarni yanada kuchaytirish uchun, bu kabi maslakdosh-mamlakatar tarmog‘ini kengaytirish uchun katta salohiyatga egamiz", - deb xotima qilgan Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Yangiliklar lentasi
0