Mehnat vazirligi 5 kunlik ish haftasiga o‘tishga qarshi

CC0 / Pixabay / Nasilie, arxivnoe foto
Nasilie, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vazirligi O‘zbekistonda yoppasiga besh kunlik ish haftasiga o‘tishga qarshi fikr bildirdi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. “Mening fikrim” – ijtimoiy tashabbuslar portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston da 5 kunlik ish haftasiga o‘tish haqidagi taklifga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat vazirligi o‘z munosabatini bildirdi.

Muassasa rasmiy vebsaytida xabar qilinishiga ko‘ra, ushbu taklif maqsadga muvofiq emas.

“Mehnat qonunchiligiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishni talab etadigan bunday taklif maqsadga muvofiq emas”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik fikriga ko‘ra, bu poliklinika, shifoxonalar, maktab va OTMlar ish tartibiga o‘zgarishlar olib kelishi mumkin.

Ikkinchidan, har qanday korxona va muassasada haftada besh yoki olti ish kuni bo‘lishi ish beruvchi va ishchi orasidagi kelishuvga asosan belgilanishi mumkin. Shuning uchun, vazirlik fikriga ko‘ra bu borada alohida qonun qabul qilishning hojati yo‘q. 

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida ish soatlari bo‘yicha quyidagi standartlar mavjud: 

  • Yevropa mamlakatlarida - 33-35 soat 
  • AQShda davlat korxonalarida - 40 soat, xususiy korxonalarda - 35 soat 
  • MDH mamlakatlarida - 40 soat 
  • Yaponiya - 40-44 soat 
  • Xitoy - 60 soat 

Shuni tan olish kerak-ki, dunyonng barcha rivojlangan mamlakatlarida ish soatlari yil sayin qisqarib bormoqda. Rivojlangan Yevropa mamlakatlari haftasiga 33-35 soatdan ishlaydi. Bu 4,5 kun degani. 

Rossiyada ham Davlat Dumasi bir necha bor 4 kunlik ish kuniga o‘tish taklifini o‘rganib chiqqan edi, lekin buning o‘rniga 10 kunlik Yangi yil ta’tilini va yil davomida yana bir necha bor 3-4 kunlik uzuluksiz dam olish kunlarini kuchda qoldirgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0