Putin O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, hukumatlararo, idoralararo va tijorat bo‘yicha salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga rejalashtirayotgan davlat tashrifi davomida o‘zbek tomoni bilan Afg‘onistondagi vaziyatni hamda ShHT doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Direktor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston bo‘yicha "moskva formati"dagi uchrashuvga tomonlar roziligi olindi

"Xalqaro masalalarga kelsak, Afg‘oniston masalasi bu birinchi ko‘riladigan masala. Ikkinchi mavzu esa - Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalaridir", - dedi Ushakov jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida bir nechta muhim tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bular Navoiy viloyatida - AES qurilishiga tamal toshi qo‘yish, Rossiya-O‘zbekiston mintaqalararo forumi, Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, hukumatlararo, idoralararo va tijorat bo‘yicha salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0