Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi

© MO RFFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’lim forumida Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Ertaga 18-oktabr kuni Toshkentda “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Rossiya va O‘zbekistoning qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan forumda Rossiya va O‘zbekiston prezident ma’muriyati vakillari,  hukumat rahbarlari, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Rossiya Federatsiyasini Ta’lim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

“Forumning maqsadi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat”, - deyilgan xabarda.

“O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish, birgalikda ilmiy va innovatsion forum hamda qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.  

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda tashkil qilingan Rossiyaning 4 ta oliy ta’lim muassasalari filiallarida ikki ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Undan tashqari yana bir necha ming o‘zbekistonlik talabalar Rossiya OTMlarida tahsil olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0