Moskvada Islom Karimov haykali ochilishi marosimidan video lavha

Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi oldidan Rossiya poytaxtida Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochildi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

Rossiya tomonidan Sovet Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri o‘rinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng haykal poyiga gullar qo‘yildi.

Yodgorlik ochilishi marosimidan video lavhani tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0