Jamiyat

Toshkentda Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi boshlandi

© SputnikRossiysko-uzbekskiy obrazovatelnыy forum
Rossiysko-uzbekskiy obrazovatelnыy forum - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ekspertlar fikriga koʻra, bu forumni yorqin va samarali deya atash mumkin, chunki bu sohada ikki davlat oʻrtasida munosabat davomida bunday katta darajada hech qachon boʻlmagan.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkentda “Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar” nomli Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Gosudarstvennыe flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Rossiya 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolaydi

Ekspertlar fikriga koʻra, bu forumni yorqin va samarali deya atash mumkin, chunki bu sohada ikki davlat oʻrtasida munosabat davomida bunday katta darajada hech qachon boʻlmagan.

Toshkentga Rossiyaning 80 ta oliygoh vakillari kelishgan.

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovichiy soʻzlariga koʻra, forumning bosh muvafaqqiyati Rossiya va Oʻzbekiston oliygohlari hamkorligi haqida 100 dan ortiq hujjatlar imzolanadi. Shuningdek, taʼlim sohasidagi oldingi oʻzaro munosabatlari anʼanalari tiklanadi.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori oʻz nutqida oliygohning Moskva universtiteti bilan koʻp yillik hamkorlik tarixiga ega ekanligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Taʼlim forumi oʻz ish faoliyatini davom etmoqda. Mutaxassislar koʻplab masalalarni muhokama qilishadi. Natijasi boʻyicha yakuniy rezolyutsiya qabul qilish kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0